2018 yil aprelda Kyolnda "Formula-1" poygalarining afsonaviy iştirokçisi Mixael Şumaxerga tegişli avtomobillarning körgazmasi oçiladi. Körgazmaga kiriş bepul böladi, deb ma'lum qildi DPA axborot agentligi. 

Ekspozitsiya uçun maxsus qayta qurilgan, sobiq parvoz maydoni hududidagi angarda 7 karra jahon çempionining şaxsiy buyumlari hamda barça avtomobillari: Şumaxer boşqargan oddiy kartdan boşlab "Mercedes" jamoasi uçun iştirok etgan vaqtda mingan eng zamonaviy bolidlarigaça qöyiladi. Taşrif buyuruvçilar, şuningdek, sportçining unvonlari kolleksiyasi va poyga kiyimlarini körişlari mumkin böladi.

Axborot agentligining ta'kidlaşiça, körgazmani taşkillaştiriş haqidagi qaror ança avval qabul qilingan, biroq hozirga kelib uning oçilişi va ötkazilişi joyi ma'lum böldi. 

"Şumi" 1969 yilda tuğilgan va bolaligini Kyoln yaqinidagi Kerpen şahrida ötkazgan. Hozirda oğir jarohatdan keyin tiklanayotgan sportçi "Formula-1"da 1991 yildan 2012 yilgaça Benetton, Ferrari va Mercedes jamoalari şarafini himoya qilib kelgan. U poyganing 7 karra çempioni hisoblanadi. U "Formula-1"ning ğalabalar (91 ta), podiumlar (155  ta), bir mavsumdagi ğalabalar (13 ta) va ketma-ket qölga kiritilgan çempionlik unvonlari (5 ta) soni böyiça rekordlariga ega.

Sportçi 2013 yil dekabrida Fransiyadagi toğlarda çanği uçayotganda oğir boş miya jarohati olgan. Sobiq poygaçi hozirda özining Şveytsariyadagi villasida salomatligini tiklamoqda.