AQŞning Atlanta şahri hayvonot boğida Çantek laqabli orangutang hayotdan köz yumdi. U imo-işoralar tilini örganib olgandi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ta'kidlanişiça, orangutang yurak kasalligidan davolanayotgan bölgan. U 39 yoşda bölgani ma'lum qilindi.
Çantek Atlantada tuğilgan va antropolog Lin Maylz bilan töqqiz yil yaşagan. U orangutanglardan birinçi bölib imo-işoralar tilini örganib olgan va uni hayvonot boği qöriqçilari bilan muloqotda qöllagan.












