«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Joze Mourino UYeFA Superkubogining «Real»ga qarşi uçraşuvi (8 avgust) oldidan madridliklar futbolçisi Garet Beylni sotib oliş uçun kuraşişga tayyor ekanini bildirib ötdi.
«Yaqin kunlarda köp narsaga oydinlik kiritiladi. Agar Beyl «MYu»ga qarşi uçraşuvda maydonga tuşsa, bu uning «Real» uçun kerakli futbolçi ekaniga eng yaxşi tasdiq böladi. Öşanda, öylaşimça, bu mavzu yopiladi. Ammo agar «Real» haqiqatan ham Beylni keraksiz, deb hisoblaydigan bölsa, biz uning uçun kuraşişga tayyormiz», — deya Mourinoning sözlarini keltiradi Marca.
Eslatib ötamiz, oldinroq matbuotda «Real» Beylni jamoada olib qolişga qaror qilgan va bu yölda «Monako» hujumçisi Kilian Mbappeni sotib oliş fikridan qaytgani xabar qilingandi.












