Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Milliy kinematografiyani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorini imzoladi.

Hujjatda mamlakat kino san'ati bir asrdan ziyod tarixga egaligi, öziga xos taraqqiyot yölini bosib ötgani qayd etilgan. Şu bilan birgalikda, ayni vaqtda bugun jahonda keçayotgan globallaşuv jarayonlari, mamlakatimizni modernizatsiya qiliş va yangilaşning ustuvor vazifalari barça soha va tarmoqlar qatorida kino san'ati faoliyatini ham takomillaştiriş, soha rivoji uçun yangi imkoniyatlar yaratişni talab etayotgani ta'kidlangan.

«Qayd etiş kerakki, kinematografiya sohasida normativ-huquqiy bazaning mukammal emasligi, kino işlab çiqaradigan yetakçi korxonalar, jumladan «Özbekfilm», «Qoraqalpoqfilm» hamda «Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar» kinostudiyalarining moddiy-texnik bazasi jismoniy va ma'naviy jihatdan eskirgani, kinofilmlarni moliyalaştiriş tizimining bugungi kun talablariga javob bermasligi, kinoteatrlar va malakali kadrlar yetişmasligi soha rivojiga salbiy ta'sir körsatmokda», — deyilgan prezident qarorida.

2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga asoslanib, xalqimiz, avvalo, yoşlar ongiga milliy istiqlol ğoyalariga sadoqat, milliy va umumbaşariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat tuyğularini singdirişda katta ta'sir kuçiga ega bölgan kino san'atining rolini oşiriş, «Özbekkino» Milliy agentligining faoliyati takomillaştiriladi.

«Özbekkino» Milliy agentligi Boş direktoriga, zarur hollarda, «Özbekkino» Milliy agentligining markaziy apparati, tizim taşkilotlari hamda «Qoraqalpoqkino» agentligi, viloyatlar va Toşkent şahar bölimlari tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan çeklangan umumiy soni doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi berilgan.

«Özbekkino» Milliy agentligi uçun davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratiş yillik işlab çiqariş hajmlarining quyidagi prognoz körsatkiçlari belgilangan:

2018 yilda - 20 ta, 2020 yildan boşlab - 30 tadan töliq metrajli badiiy filmlar işlab çiqariş;

2018 yilda – 40 qismdan iborat 20 ta, 2019 yilda - 50 qismdan iborat 25 ta va 2020 yildan boşlab – 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, ilmiy-ommabop, öquv-uslubiy filmlar, kinosolnomalar, kinojurnallar işlab çiqariş; 

multiplikatsion filmlarni 2018 yilda 15 ta, 2022 yildan boşlab har yili 50 tadan işlab çiqariş;