Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Navro‘z” bog‘i quriladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahrida “Navro‘z” bog‘ini qurish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorda aytilishicha, “Navro‘z” bog‘ini barpo etish bo‘yicha loyiha 2017-2019 yillarda amalga oshiriladi. “Navro‘z bog‘i” MChJ ushbu loyihani amalga oshirmoqda.
Jamiyatning ustav fondi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan shakllantiriladi.
Qarorga ko‘ra, “Turon bank” ATB “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga loyihani amalga oshirish uchun 10 mln. dollar miqdorida kredit taqdim etadi. Kredit 10 yillik muddatga, O‘zbekiston Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha beriladi.
O‘zbekiston Prezidenti bog‘ni qurish bo‘yicha loyiha ishtirokchilariga qator soliq imtiyozlarini taqdim etdi.
Mavzuga oid
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026