Nyu-Yorkdagi Trump SoHo mehmonxonasi old qismida 8 avgust, seşanbaga ötar keçasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tasviri paydo böldi. CAP Action rahbari örinbosari Igor Volskiy tvitterdagi sahifasida tegişli fotosuratlarni joyladi. Şuningdek, bu fotosuratlarda rus bayroği bilan turgan kişilarni ham köriş mumkin. Ular mehmonxona oldida bölişgan.
Kadrlarda ingliz tilidagi «Happy to help, bro» («Yordam berişdan xursandman»), «Follow the money» («Pulning ketidan quv»), «Laundering services available» («Pullarni yuviş böyiça xizmatlar bor») yozuvlari, şuningdek rus tilidagi «Kuçli böl» sözlari bor.
Amerikalik jurnalist Robin Bellning ma'lum qilişiça, bu aksiyani u taşkil qilgan.
Wow big action happening at Trump Soho in NYC pic.twitter.com/2jkyyi0YMI
— igorvolsky (@igorvolsky) August 8, 2017











