Bugun, 8 avgust kuni Toşkent şahrida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengaşining 9-majlisi bölib ötdi. Unda taşkiliy masalalar körilgan. 

«Kun» naşrining işonçli manbasi xabar berişiça, partiya siyosiy kengaşining ijroiya qömitasi raisligi Baxtiyor Yoqubovga yuklatilgan.

U biroz avvalroq öz arizasiga binoan raislikdan ozod etilgan Sodiqjon Turdiyev örnida rais vazifasini bajaruvçi sifatida iş boşladi.

Bu ma'lumotni partiya vakili, Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev ham feysbukdagi sahifasida tasdiqlagan.

Baxtiyor Yoqubov 2005 yildan buyon ÖzLiDeP ijro qömitasi raisining taşkiliy-partiyaviy işlar va kadrlar masalalari böyiça örinbosari lavozimida faoliyat körsatib kelayotgan edi.

Yiğilişda 12 iyul kuni parlament palatalari va partiyalar vakillari bilan bölib ötgan yiğilişda mamlakat Prezidenti tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan ustuvor vazfalar belgilab olindi.

Eslatib ötamiz, partiyaning endilikda sobiq lideri Sodiqjon Turdiyev Andijon viloyati Jalaquduq tumaniga hokim etib tayinlandi.