Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengaşi ijro qömitasi raisi Sodiqjon Turdiyev öz arizasiga köra partiya liderligidan ketgan.
«Kun» manbasi ma'lumot berişiça, xalq deputatlari tuman kengaşi sessiyasida u Andijon viloyatining Jalaquduq tumaniga rahbar etib tayinlangan.
Şu vaqtgaça tumanga Şuhratbek Qamçiyev hokimlik qilayotgandi.
Sodiqjon Turdiyev Respublika fermerlar kengaşi rahbarligidan ham ketgan. Biroz avvalroq, Özbekiston fermerlari Kengaşiga Bahodir Yusupov yangi rahbar bölgani haqida xabar qilingandi.
Eslatib ötamiz, ötgan oyda siyosiy partiyalar iştirokidagi videoselektorda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ÖzLiDepni keskin tanqid qilgandi.












