Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradona Venesuela uchun Maduro tomonda kurashishga tayyorligini aytdi
Argentinalik sobiq futbolchi, afsonaviy Diyego Maradona Facebook’dagi sahifasida Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Uning aytishicha, u Venesuela ozodligi uchun amaldagi hukumat tomonda kurashishga tayyor.
Maradona o‘z bayonotida Venesuelaning marhum prezidenti Ugo Chaves g‘oyalari tarafdori – "chavist" ekanligini ta'kidlab o‘tgan.
"Biz hayotimiz oxirigacha Ugo Chaves izdoshlari bo‘lib qolamiz. Agar Maduro buyursa, men ozod Venesuela uchun askar kiyimini kiyib, imperializmga va bizda bor eng muqaddas narsa – bayroqlarimizni egallamoqchi bo‘lganlarga qarshi kurashishga tayyorman", deb yozgan Maradona.
"O‘nglarga aralashib qolgan venesuelaliklar emas, haqiqiy venesuelaliklar yashasin. Chavesga shon-sharaflar! Maduroga shon-sharaflar! Inqilobga shon-sharaflar!", deb o‘z murojaatini yakunlagan futbolchi.
FIFA tomondan 20-asrning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topilgan Maradona Venesuelaning amaldagi hukumati va shaxsan Maduroni bir necha marta qo‘llab-quvvatlab chiqqan. U 2013 yilgi saylovoldi kampaniyasida Chavesning vorisi hisoblanuvchi Maduro tashviqotida ishtirok etgan. U saylovlarga bir kun qolganda Maduro bilan birgalikda Chaves qabrini ziyorat qilgan. Bu esa muxolifatga ularni saylov oldidan oxirgi kun tashviqot o‘tkazish taqiqlanishi haqidagi qonunni buzganliklarida ayblash uchun sabab bo‘lgan.
Venesuelada Maduro va uning tarafdorlari hamda muxolifat kuchlari o‘rtasida siyosiy qarama-qarshilik davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026
Maduroning ag‘darilishidan 400 ming dollar ishlab olgan AQSh Maxsus kuchlari harbiysi qo‘lga olindi
13:01 / 07.03.2026