Jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini ta'minlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda fuqarolar tomonidan pasport-viza qoidalariga rioya etilişini ta'minlaş işlarini taşkillaştiriş böyiça ötkazilayotgan tadbirga içki işlar organlari xodimlari bilan birga jamoatçilik vakillari, mahalla fuqarolar yiğini raislari, köça va uy boşqaruvçilari ham jalb etildi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati.
Tadbirni samarali ötkaziş maqsadida, tezkor-kriminogen vaziyat çuqur tahlil qilinib, şahar-tumanlardagi 868 ta mahallalar toifalarga ajratildi. Tekşiruvlar dastlab tezkor-kriminogen vaziyati oğir mahallalarda ötkazildi.
Hozirgi kunda köp qavatli uylar, yertöla va çordoqlar, hovli uylari, taşkilot va korxonalar, mehmonxonalar, yotoqxonalar, ta'lim muassasalari, kafe-bar va restoranlar, savdo va boşqa xizmat körsatuvçi obektlar, öta muhim toifalangan obektlar xavfsizlik yuzasidan tekşirib çiqildi. Ötkazilgan tekşiruvlar davomida 4 ming 52 ta ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlanib, tegişli çoralar körildi.
Şahar-tuman içki işlar bölimlarida profilaktik hisobida turgan ma'muriy nazorat qonuni ta'siri ostiga tuşuvçi şaxslardan 30 nafariga nisbatan ma'muriy nazorat örnatildi. Jinoyat sodir etib tergov va sud organlaridan yaşirinib yurgan 22 nafar şaxslar uşlandi.
Tadbir davomida aholi bilan xavfsizlik yuzasidan 1744 marotaba uçraşuvlar ötkazildi. Amalga oşirilgan işlar va profilaktik-ogohlantiruv masalalar böyiça ommaviy axborot vositalari orqali 56 marotaba çiqişlar qilindi.











