Meksikalik narkobaron Xoakin Gusman (El Chapo) sud jazosidan qutulib qoliş uçun dunyoning eng kuçli advokatlar guruhini öz himoyasi uçun yolladi. Ular orasida Nyu-York mafiyasining nufuzli rahbari Jon Gottining öğlini sud zalida muvaffaqiyatli himoya qilgan Mark Fernik va Jyefri Liçman nomlari ham bor.
Gusman dunyodagi eng yirik narko yölaklardan birini boşqarişini rad etmoqda, agar bu ayblov isbotlansa, uni AQŞ qamoqxonalaridan biridagi jazo muddati kutib turibdi.
60 yoşdagi El Chapo bundan avval ham turli jinoyatlari uçun Meksikada qamoq jazosini ötagan, buning ustiga ikki marta jazoni ötaş joyidan qoçişga muvaffaq bölgan. Birinçi marta u kir yuviş savatçasida, ikkinçi harakatda özi tomonidan qazilgan tunnel yölagi orqali qamoqxonadan qoçib ketgan.
Bugungi kunda umumiy moliyaviy qudrati 14 milliard AQŞ dollariga tenglaşib qolgan Sinaloa karteli aynan Xoakin Gusman tomonidan boşqariladi, degan ayblov bilan u hibsga olingan edi. Ayni paytda u Nyu-Yorkda eng kuçli qöriqlanadigan hibsxonalaridan birida uşlab turilibdi.

















