Meksika «Gvadalaxara karteli» asosçisi sanalgan narkobaron Rafael Karo Kinteroni AQŞga ekstraditsiya qildi. U bilan birga Meksikaning turli qamoqxonalarida saqlangan kartelning 28 nafar a’zosi ham ekstraditsiya qilindi. Ekstraditsiya qilinganlar orasida 2022 yilda Şimoliy Karolina şerifi örinbosarining öldirilişiga aloqador bölgan Martin Sotelo ham bor.

«Uşbu şaxslar Qöşma Ştatlarga köp miqdorda zaharli moddalar, jumladan, kokain, metamfetamin, fentanil va geroinni olib kirişda hamda ular bilan boğliq zöravonlik harakatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda», deyiladi AQŞ Adliya vazirligi bayonotida.

Kintero 1985 yilda AQŞ Narkotiklarga qarşi kuraş boşqarmasi maxsus agenti Enrike Kamarena Salazarni öğirlaş, qiynoqqa soliş va öldirişni uyuştirganlikda ayblanib, 40 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Narkobaron 28 yilni panjara ortida ötkazgandan söng 2013 yilda ozodlikka çiqarildi. Keyinroq Meksika Oliy sudi ozod qiliş haqidagi qarorni bekor qildi.

AQŞ FTB ma’lumotlariga köra, qamoqxonani tark etgaç, Kintero «Sinaloa karteli» rahbarlaridan biriga aylandi. 2022 yil iyul oyida narkobaron Meksika harbiy-dengiz kuçlarining operatsiyasida qölga olindi. Jarayon paytida harbiy vertolyot halokatida 14 nafar harbiy xizmatçi halok bölgan edi.

Rafael Karo Kintero 2018 yilda Netflix tomonidan namoyiş etilgan «Narko» seriali qahramonlaridan biri.