Turkiyada Interpol qidiruvidagi uyushgan jinoiy guruh ushlandi
Yevropada kokain baroni sifatida tanilgan jinoyatchilar Turkiyada qo‘lga olindi.

Foto: yenisafak
Turkiyaning 7 viloyatidagi 13 ta manzilda o‘tkazilgan maxsus operatsiyada 10 mlrd dollarlik narkotik moddalar savdosini amalga oshirgan tashkilotga aloqador 34 kishi ham ushlangan. Turk matbuotining yozishicha, gumonlanuvchilarning 36 ta ko‘chmas mulki va 1,1 mlrd liralik mol-mulki musodara qilingan.
Narkotik savdogarlarga tegishli tashkilot Janubiy Amerikadan Yevropaga tonnalab kokain jo‘natgan. Istanbul politsiyasi va Moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish agentligining bir necha oylik kuzatishlaridan so‘ng ikki bosqichda (13 iyunda Gollandiya va Belgiyada, 25 iyunda Turkiyada) o‘tkazilgan keng ko‘lamli maxsus operatsiyada tashkilot a’zolari va ularga tegishli mol-mulk fosh qilingan.
Operatsiya davomida jinoyatchilardan 11 ta to‘pponcha, 600 ta patron, ko‘plab qalbaki pasport va boshqa hujjatlar topilgan. Bundan tashqari, 50 mln liralik ikkita soat, 99,9 kg oltin, ikkita motorli transport vositasi, dollar, yevro va turk lirasi ko‘rinishida, umumiy qiymati 1,1 mlrd liraga teng naqd pul, aksiyalar va bank-hisoblari musodara qilingan.
CNN TURK xabariga ko‘ra, Janubiy Amerika va Yevropada giyohvand moddalar savdosini boshqarayotgan muhim shaxslardan biri bo‘lgan va Interpol tomonidan qizil bildirishnoma bilan qidirilayotgan gollandiyalik Yozef Yohannes Lijdekkersning Turkiya bilan aloqalari 2 yil avval aniqlangan. Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari chuqurlashib ketgach, bu ishga Moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish agentligi va Narkotiklarga qarshi kurashish departamenti ham jalb etilgan.
Politsiya jinoiy tarmoqning asosiy shaxslaridan biri hisoblangan Isaak Bignanning Turkiyada ekanini aniqlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, u 13 iyunda Gollandiya va Belgiyada o‘tkazilgan ilk operatsiyadan so‘ng Turkiyaga qochgan, shu sababli Finiks va jamoasi uni Turkiyadan yashirincha olib chiqishni rejalashtirgandi.
Biroq ularning rejasi amalga oshmadi. Isaak Bignan Ispartada, Yurean Entoni Finiks esa Istanbulda qo‘lga olingan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islomiy investitsiyalar potensiali – 4 trillion dollar. Unga ochilish uchun esa bizda ekotizim yo‘q - mutaxassislar
Iqtisodiyot | 15:20
-
Fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat | 14:30
-
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
Jahon | 14:25
-
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Otabek Bakirov ustidan IIBBga shikoyat kiritdi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

17:05 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

21:40 / 15.04.2025
Turkiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga olib kelindi

00:35 / 03.04.2025
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi

15:43 / 25.03.2025