Mariupol gospitali jarrohlari sapyorlar iştirokida ukrainalik harbiyning oyoğidan portlamay qolgan granatani çiqarib olişdi. Bu haqda Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni maslahatçisi Alena Verbitskaya Facebook’da ma'lum qildi. 

"6 avgustdan 7 avgustga ötar keçasi aksilterrorçilik operatsiyasi hududidagi bölinmalardan biri öqqa tutilganda Ukraina qurolli kuçlari harbiysi yaralandi. Granata Dmitriyning çap oyoğiga tegib, unda tiqilib qolgan va portlamagan!", deb yozgan Verbitskaya.

Uning aytişiça, harbiy zudlik bilan ortga evakuatsiya qilinib, birinçi yordam olgan.

"Yarador Mariupoldagi gospitalga yetkazilişi bilan jarrohlar sapyorlar bilan birga öq-dorini çiqarib oliş böyiça noyob operatsiya ötkazişdi. Hozir askarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda", deb qöşimça qilgan Verbitskaya. 

Verbitskaya sahifasida şifokorlar operatsiya vaqtida bronejiletlar kiyib olişgan suratlarni ham joylaştirgan.