Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Çan Day Kuanga uşbu mamlakat şimolida yuz bergan hamda köplab insonlarning halok bölişi va vayronagarçiliklarga olib kelgan keng kölamli suv toşqini munosabati bilan maktub yölladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Samimiy ta'ziyamni qabul qilişingizni hamda halok bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda sözlarimni yetkazişingizni sörayman, jabr körganlar tezroq soğayib ketişini tilayman”, - deyiladi davlat rahbari maktubida.
Avvalroq Vetnamdagi suv toşqinlarida 26 kişi halok bölgani, talafot qiymati 41 million dollarni taşkil qilayotgani haqida xabar berilgandi.












