«PSJ» hujumçisi Neymar bonuslar tölanmagani uçun FIFAga «Barselona» ustidan şikoyat qilişi mumkin.
Sky Sports xabarida qayd etilişiça, katalonlar jamoasi braziliyalik futbolçining otasiga u öğli ötgan yilda şartnomani uzaytirişida vositaçi bölgani uçun kelişilgan 23 million funtni tölamagan.
Hozirça FIFAga rasman şikoyat yöllanmagan, lekin bunday ehtimol körib çiqilmoqda.
Eslatib ötamiz, Neymar ötgan haftada «Barselona»dan «PSJ»ga rekord darajadagi mablağ evaziga transfer qilindi. Parijliklar uning transferi uçun 222 million yevro töladi va yiliga 30 mln yevro tölaş közda tutilgan 5 yillik şartnoma imzolandi. Bu transfer doirasida Neymarning otasiga ham bonus berilgan.












