Yöl-yöl forma — mahbuslarga möljallangan kiyimning klassik varianti. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinçidan, bunday kiyim qoçişga uringan mahbusni qölga olişni yengillaştiradi, mahalliy aholi esa uni körişi bilan bu sayrga çiqqan sayyoh emas, aynan qoçib ketayotgan mahbus ekanini anglab yetadi. Ikkinçidan, barça mahbuslarga xos noodatiy kiyimni kiyiş zarurati ularni ozodlikdagi kişilardan ajratib, muayyan psixologik bosim ham ötkazadi. Trendymen şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi.
Mahbuslarning yöl-yöl kiyimi borasida barçasi tuşunarlidek tuyulişi mumkin, biroq bunday emas. Quvğin va jamiyat tomonidan qabul qilinmaslik - oqibatlari juda-juda oğir bölişi mumkin bölgan murakkab jarayon. Bu xalqning madaniyati, diniy qaraşlari, hukmron elita nuqtai nazari va köplab boşqa sabablarda yaşirin bölişi mumkin. Biroq yöl-yöl mato voqeasi rasmiy mantiqdan taşqarida. Yöl-yöl kiyim tarixi örta asrlardagi Yevropaga borib taqaladi, bu davr ölim, diniy fanatizm va insoniyat qodir bölgan bema'niliklarga töla.

1310 yilda Fransiyaning Ruandasida bir etikdöz yöl-yöl kiyimda qölga olinganidan keyin sud tomonidan ölim jazosiga hukm qilingan. Bunday tuşunarsiz holat örta asrlarda yöl-yöl kiyimga bölgan salbiy munosabatni namoyon qiladi. Quvğinliklar va yöl-yöl mato haqida "Iblis libosi: çiziqlar va yöl-yöl mato tarixi" kitobi çop etilgan. Uning muallifi örta asrlarga xos bölgan belgilar böyiça eng yaxşi mutaxassislardan biri - tarixçi Mişel Pasturo bölgan.

Pasturo öz kitobi muqaddimasida XII-XIII asrlardan boşlab yöl-yöl kiyim şarmandalik, xorlikka işora qilişiga doir köplab hujjatlar saqlanib qolgani haqida yozgan. Faqat jallodlar va fohişalar yöl-yöl kiyim kiyişgan. Bulardan taşqari, sirkçilar, masxarabozlar, moxovlar, nogironlar, bid'atçilar hamda nikohsiz tuğilgan bolalarda ham şunday kiyimlarni köriş mumkin bölgan.

XIII asrda karmelitlar ordeni rohiblari bilan yoqimsiz voqea yuz bergan. Ular Falastinda qönim topgan bölib, Yevropa urf-odatlaridan yiroq bölişgan. Orden rahbariyati yangi yöl-yöl formani joriy qilgan. Biroq bunday kiyim birinçi uçragan yevropaliklar didiga töğri kelmagan va ular karmelitlarni toşlar va huştaklar bilan quvib solişgan. Nizo Aleksandr IV'gaça yetib borgan va u oliy farmon bilan yöl-yöl kiyim kiyişni taqiqlagan. Şunday bölsa-da, karmelitlar öz bilganlaridan qolmay, çorak asr davomida farmonga amal qilişmagan. Oxir-oqibat Vatikan öz qarorida qat'iy turib, Bonifatsiya VIII yöl-yöl kiyimni yöq qilişning uddasidan çiqqan.
















