«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoği joriy yilning sentabr oyidan xorijga çiqiş pasporti, tuğilganlik haqida guvohnoma va boşqa hujjatlarni oliş imkonini beruvçi servisni işga tuşirmoqçi. Bu haqida TASS xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoq "Davlat xizmatlari" portaliga kiriş imkonini yaratadi. Birinçi bosqiçda avtomobilni röyxatdan ötkaziş, jarimalarni tölaş kabi 12 optsiya mavjud böladi. Kompaniya kelgusida davlat xizmatidagi boşqa talabgor xizmatlarni qöşişni rejalaştirmoqda. 

Xizmatlardan saytning veb-versiyasi bilan birga mobil ilovalardan ham foydalaniş mumkin. 

«Odnoklassniki» matbuot xizmatida yangi servis işga tuşirilişga tayyor ekani tasdiqlandi. 

"Hozirda biz "Davlat xizmatlari" portali bilan yangi servisning mexanikasi va texnik xususiyatlariga doir muzokaralar olib bormoqdamiz", - deya ta'kidlaşdi kompaniya vakillari. 

Bugungi kunda "Davlat xizmatlari" portalida 50 million rossiyalik röyxatdan ötgan. Servis işga tuşirilgandan keyin ijtimoiy tarmoq orqali röyxatdan ötiş mumkin, lekin röyxatdan ötganlikni tasdiqlaş uçun baribir yo elektron imzo qöyiş, yoki markazga borganda imzolaş talab etiladi.