UYeFA Superkubogi uçun «Real» hamda «Mançester Yunayted» örtasida ötkazilgan öyin nihoyasiga yetdi. Gollarga boy bölgan uçraşuv 2:1 hisobida madridliklar foydasiga hal böldi.
Öyinda dastlabki golni Kazemiro 24-daqiqada kiritdi. 52-daqiqada Isko oradagi farqni 2taga yetkazdi. Oradan 10 daiqiqa ötib, Lukaku jamoasining yagona golini kiritdi.
Şu tariqa «Real» öz tarixida 4-marotaba UYeFA Superkubogini qölga kiritdi.
Real Madrid – Mançester Yunayted 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 24 Kazemiro, 2:0 – 52 Isko, 2:1 – 62 Lukaku.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Vaskes, 74), Modriç, Beyl (Asensio, 74), Benzema (Ronaldu, 83).
Mançester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Darmian, Valensiya, Errera (Fellayni, 56), Matiç, Mxitaryan, Pogba, Lingard (Reşford, 46), Lukaku.
Ogohlantirişlar: Lingard (42), Karvaxal (84), Ramos (86), Reşford (90).












