2017 yilning 11 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi, BMT Rivojlaniş dasturi Vakolatxonasi va YeXHT loyihalari Kordinatorining ofisi iştirokida Toşkent şahrida “Markaziy Osiyo – Özbekiston taşqi siyosatining asosiy ustuvor yönalişi” mavzusida xalqaro konferensiya ötkazadi.
Taşkilotçilar bergan ma'lumotga köra, forumda keng jamoatçilikni Özbekiston Respublikasining çegaradoş davlatlar bilan döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaşga yönaltirilgan zamonaviy mintaqaviy siyosati mohiyati va mazmuni, şuningdek Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror rivojlanişni ta'minlaşning muhim masalalari böyiça mamlakat pozitsiya va yondaşuvlari haqida xabardor qiliş rejalaştirilmoqda.
Tadbirga Oliy Majlis deputatlari, Markaziy Osiyo davlatlaridan ekspertlar va tahlilçilar, Toşkent şahridagi diplomatik korpus, Özbekistonning qöşni davlatlardagi elçilari, respublika vazirlik va idoralari, ilmiy-tahliliy markazlari vakillari hamda jurnalistlar taklif qilingan.











