Turkiyada 2021 yilda qurğoqçilik kuzatilişi mumkin. Bu fikr bilan Örmon va suv işlari vaziri Veysal Eröğli tomonidan bildirildi.
«Biz qurğoqçilik köp kuzatiladigan hududlar böyiça aniq hisoblaş işlarini olib borişimiz kerak. Odatda qurğoqçilik har yetti yilda yuzaga keladi: 1994, 2000, 2007 va 2014 yillar. Kelgusida bu 2020 yoki 2021 yillarda bölişi mumkin», - deb ta'kidlagan vazir Melen suv ombori loyihasi bilan tanişib çiqiş çoğida.
Mamlakatning şimol-ğarbiy hududida bunyod etilayotgan Melen suv ombori katta imkoniyatlar va zaxiraga ega bölişi kutilmoqda. «Ombordagi suv resurslari xöjaliklarni yiliga 1,7 milliard kubometr suv bilan ta'minlaşga yetadi. Istanbul şahrining iste'moli aslida 1 milliard kubometr suvni taşkil etişini hisobga olsak, bu katta imkoniyatlar ombori böladi», - deb qöşimça qilgan u.
Melen suv ombori qurilişi 2014 yilda boşlangan bölib, 175 kundan keyin quriliş işlari yakunlanişi belgilangan.











