AQŞ Iroqning Tall-Afar şahri yaqinidagi asosan turkmanlar istiqomat qiluvçi hududda öz harbiy bazasini qurmoqda.

Iroq Harbiy Kuçlar (HK) polkovnigi Mahdiy Al-Xafajiyning "Anadolu" agentligiga ma'lum qilişiça, baza ötgan hafta Mösul ğarbida Iroq armiyasi va AQŞ vakillari örtasida bölib ötgan muzokaralarga muvofiq yaratilmoqda. 

Uning sözlariga köra, bazaning quriliş işlari 50 foizga tugallangan va u yerda Amerika zirhli texnikasi hamda harbiy mutaxassislar joylaştirilgan. 

Harbiy baza Tall-Afarni IŞIDdan ozod qiliş operatsiyalari doirasida faoliyat yuritadi.