Şavkat Mirziyoyev Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori Baxtiyor Sayfullayevni Özbekiston Madaniyat vaziri etib tayinladi. Bu haqdagi ma'lumotni «Kun» manbalari tasdiqladi.

Şu yilning fevralidan buyon Madaniyat vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Mahmud Muratov esa Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik katta teatriga direktor etib tayinlangan.

Mahmud Muratov / «GABT.uz»

Bundan oldinroq Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri örinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Eslatib ötamiz, 8 avgust kuni prezident «Özbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorini imzolagandi.