BAA Yevropaning Credit Suisse, Deutsche Bank va Barclays kabi banklariga bu banklarning yirik aksionerlari Qatar biznes doiralari vakillari hisoblanişi sababli norasmiy boykot e'lon qildi.
The Financial Times naşri ma'lumotlariga köra, bu banklar yaqin oylarda Abu-Dabidagi katta loyihalarda iştirok etiş huquqini yuta olişlari dargumon, çunki ularda Qatar suveren fondi va Qatar qirollik oilasi a'zolari katta uluşlarga egalar.
Qatar kompaniyalari Barclays va Deutsche Bank’da 6 foizlik uluşga ega, Credit Suisse’ning 5 foizlik uluşi Qatar Investment Authority tuzilmalariga tegişli. Bu tuzilmalar uşbu bankning yana 13 foizlik uluşini sotib oliş huquqiga ega.
Boykot haqida iyulda, Abu-Dabi milliy neft kompaniyasi uning bölinmasining IPÖsini qaysi banklar ötkazişini hal qilganda ma'lum bölgan. Tanlovga taklif qilingan, boykot ostiga tuşgan banklar, jumladan Credit Suisse tezda iştirokçilar orasidan çiqarib taşlangan. Boykot ostiga tuşgan boşqa banklar esa umuman tanlovga taklif qilinmagan.
"Bizga norasmiy boykot borligi, biz heç narsa qila olmasligimiz aytilgan", deb aytmoqda bankirlardan biri. Uning aytişiça, çeklovlar ommaviy tarzda oşkor qilinmagan. Ta'kidlanişiça, BAA boykot e'lon qilişni va uni tan olişni rasman rejalaştirmagan.
Boykotga uçragan boşqa bank xodimi esa çeklovlarni ba'zi amaldorlar va taşkilotlar kiritayotganini aytgan. Bankirning ta'kidlaşiça, uning banki loyihalarda iştirok etişga taklif qilingan. Uşbu holat yuzasidan banklar ham, BAA hukumati ham izoh berişni istamagan.












