«Yuventus» hujumçisi Paulo Dibala yangi mavsumda yangi raqamda öynaydigan böldi. Bu haqda turinliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Argentinalik futbolçi endi 10-raqamli futbolkada harakat qiladi. Dibala ötgan mavsumda 21-raqam ostida öynagandi. 

Pol Pogba «Mançester Yunayted»ga ötib ketganidan keyin «Yuventus»da bu raqam böş turgandi. Öz vaqtida «keksa senora»ning 10-raqamli futbolkalarida Omar Sivori, Roberto Badjo, Mişel Platini, Alessandro Del Pero kabi futbolçilar öynagan.

«Yuventus» mavsumning dastlabki uçraşuvini 19 avgust kuni «Kalyari»ga qarşi ötkazadi.