Şimoliy Koreyaning "Xvason-12" ballistik raketalari Amerikaning Guam orollariga uçirilişiga şay. U Yaponiyaning Simane, Xirosima, Koti prefekturalaridan ustidan uçib ötadi. Koreya xalq armiyasi strategik kuçlari qömondoni Kim Rak Gyom şunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

"Koreya xalq armiyasi strategik kuçlari duşmanning Guam orollaridagi asosiy kuçlariga örta masofalarga uçuvçi "Xvason-12" 4 ta raketa bilan bir vaqtning özida zarba beriş rejasini jiddiy örganmoqda. "Xvason-12" raketalari Yaponiyaning Simane, Xirosima va Koti prefekturalari ustidan uçib ötadi. Ular 3356,7 kilometrni 1065 soniyada bosib ötadi va Guamdan 30-40 km uzoqlikda dengizga tuşadi", — deyiladi xabarda. 

10 avgust kuni Şimoliy Koreya axborot agentligi mamlakat armiyasi strategik kuçlari qömondoni bayonotini e'lon qildi. Unda Guam hududiga zarbalar beriş rejasi yaqin kunlarda Kim Çen Inga havola qilinişi aytiladi. Şundan söng, strategik kuçlar davlat boşliği buyruğini kutadi. 

AQŞ prezidenti Donald Tramp Guamga zarba beriş ehtimollari xususidagi xabarlardan söng KXDR tahdidlariga "ğazab va öt" bilan javob berişga va'da berdi. 

Strategik kuçlar qömondoni Amerika prezidentining sözlariga ham javob qaytargan. "AQŞ prezidenti "öt va ğazab" haqida safsata sotmoqda. Bu esa Koreya xalq armiyasi "Xvason" raketa qöşinlarining jahlini qözğatmoqda. Aqldan ayrilgan bu bola bilan muloqot qilib bölmaydi, unga faqat mutlaq kuç ta'sir körsatişi mumkin", — degan general.