XIX asrda Özbekistonning Ustyurt kengliklarida köp sonda uçragan turkman qulonlari XX asrning 30-yillariga kelib butunlay qirilib-yöqolib ketgan edi, deb yozadi Qoraqalpoğiston axborot agentligi.

Qulon Xalqaro tabiatni muxofaza qiliş uyuşmasining Qizil kitobiga, Yöq böliş xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro tijorati töğrisidagi Konventsiyaning (SITeS) Ilovasiga va Özbekiston Respublikasining Qizil kitobiga yovvoyi tabiatda yöqolib borayotgan hayvonot turi sifatida kiritilgan.

2014 yilning yozida olimlar Qoraqalpoğistonning Turkmaniston bilan tutaşgan şimoliy-ğarbiy çegarasida 9 qulondan iborat tödani aniqladi.

“Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ösimliklar va hayvonotlar dunyosi genofondi tomonidan taşkillaştirilgan ekspeditsiyada Özbekiston uçun  birinçi marotaba qorakalpoq Ustyurtining janubiy-ğarbiy tomonida qulonning mavjudligi aniqlandi. Qulonlarning Qoraqalpoğistonda qaytadan paydo bölişi muhim ahamiyatga ega yangilik. Ma'lumki, Orol dengizining qurişi bilan ekologik vaziyat oğirlaşdi, ofatçilik oqibatida Orolböyi hududida bioxilma-xillik yöqolib ketdi. Lekin, keyingi paytlari davlatimizda suv va suv resurslaridan oqilona foydalaniş natijasida hududda vetlandlar, yasalma suv havzalari paydo böldi. Bu öz navbatida bioxilma-xillikning rivojlanişiga sababçi bölmoqda. Hukumat tomonidan noqonuniy ovga keskin tösiq qöyilişi ham yovvoyi faunaning rivojlanişiga ijobiy ta'sirini körsatmoqda. Aynan qulonlarning yurtimizga kelib boşlaşi asosan şu ikki faktorga boğliq”, - deydi ÖzRFA Qoraqalpoğiston bölimi professori, biologiya fanlari doktori Svetlana Mambetullayeva.

Qulonlar sonining ortişiga yana bir sabab Turkmaniston bilan Özbekiston territoriyasi (Qoraqalpoğiston) çegarasiga aholi yaşaş punktlarining uzoqligi, yölning murakkabligi hamda çegara rejimining saqlanişidir. Hozirgi qulonlar yaşayotgan hududga odamlar borişi ança muşkul. Qulonlarni saqlaş uçun ularning yaşaş örni şaroitini, ozuqa-yem bazasini yaxşilaş darkor va tabiiy duşmanlaridan, brakonerlardan himoya qiliş böyiça doimiy monitoring olib boriş kerak. Orolböyi hududida, xususan, Borsakelmes, Şaxpaxti, Asakovdon pastliklarida qöriqxonalar taşkil qiliş zarur.

Qulonlarning mavjud ekanligini Sariqamiş kölidagi xöjaliklarning baliqçilari ham tasdiqlaydi. Ularning bildirişiça, hududda qulonlar tödasi tez-tez közga taşlanadi.

Butunjahon Yovvoyi Tabiat Fondi (WWF), Germaniyaning DAAD taşkiloti moliyalaştiruvi bilan Özbekiston Örmon xöjaligi Boş Boşqarmasi va Mixael Zukkov Fondi  (Germaniya) hamkorligida 2012-2014 yillarda qoraqalpoq Ustyurti va şimoliy Sariqamiş havzasi hududida ötkazilgan ekspeditsiya işlari natijasiga köra, bu hududlarda tabiatda töliq yöq bölib ketiş xavfi ostida turgan Ustyurt arxarlari, Ustyurt jayronlari, börsiqlari, turkman qulonlarining yaşaşi ma'lum böldi va ularni suratga olişning uddasidan çiqildi.