Globallaşuv jarayonida zamonaviy kommunikatsiya, logistika markazlarini hamda turli xablarni rivojlantiriş mintaqa va jahon taraqqiyotining muhim omillaridan hisoblanadi.

Bugungi kunda işonçli transport-kommunikatsiya yölaklari tizimi mavjud emasligi davlatlar ravnaqiga, şu jumladan, Markaziy Osiyoning salohiyatini röyobga çiqariş, iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, mintaqa mamlakatlarining dunyo iqtisodiyotiga integratsiyalaşuviga jiddiy salbiy ta'sir körsatmoqda. Bunday şaroitda jahonning yirik bozorlariga olib çiqadigan köp qirrali transport-kommunikatsiya tarmoqlarini şakllantiriş böyiça istiqbolli loyihalarni tayyorlaş hamda amalga oşiriş dolzarb ahamiyatga ega.

Markaziy Osiyoning yuragi bölmiş Özbekiston mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaşga ulkan hissa qöşmoqda. ­Yuksak salohiyati, jadal ösayotgan iqtisodiyoti bilan yurtimiz mintaqaviy transport infratuzilmasini şakllantirişda ­muhim örin tutadi.

Qadimda Buyuk Ipak yöli aynan köhna şaharlarimiz orqali ötib, Şarqiy Osiyoni Örta Yer dengizi mintaqasi bilan boğlagan, uşbu hudud aholisi farovonligi, madaniy-gumanitar aloqalarini mustahkamlaşda yetakçi rol öynagan.

Bugungi kunda Buyuk Ipak yölini tiklaş ğoyasining amaliy röyobi katta imkoniyatlar eşigini oçadi. Bu ğoya tinçlik hamda barqarorlikni mustahkamlaşga, iqtisodiy ösiş va aholi turmuş farovonligining yuksalişiga xizmat qiladi.

Şu munosabat bilan Özbekiston Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin tomonidan ilgari surilgan “Buyuk Ipak yöli iqtisodiy yönalişi”ni taşkil etiş taşabbusini qöllab-quvvatladi. Bu “Bir makon, bir yöl” konsepsiyasining ajralmas qismidir.

Ta'kidlaş kerakki, mamlakatimiz içida transport-infratuzilma kommunika­tsiyalarini rivojlantiriş, tranzit yölaklari tizimini yaratiş, mavjud yirik ­xalqaro hamda istiqbolli bozorlarga olib çiqadigan yangi va samarali yönalişlarni özlaştirişga alohida e'tibor qaratilayapti. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan qabul qilingan 2017 — 2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida milliy iqtisodiyotimizning raqobatdoşligini oşirişda transport-logistika infratuzilmasini ravnaq toptiriş uçun faol investitsiyaviy siyosat olib boriş muhim yönalişlardan biri sifatida belgilangan. Şu nuqtai nazardan, “Bir makon, bir yöl” loyihasida iştirok etiş mamlakatimizning strategik maqsadlarini röyobga çiqarişda katta ­imkoniyat yaratadi.

Davlatimiz rahbari Pekin şahrida ötgan “Bir makon, bir yöl” xalqaro forumidagi nutqida Markaziy Osiyoni Xitoy hamda Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Şarqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan boğlaydigan transport-logistika yönalişlarini oçiş böyiça hamkorlik yuzasidan kompleks harakatlar ­dasturini işlab çiqiş hamda tasdiqlaş ahamiyatini alohida qayd etdi.