«Pari Sen-Jyermen» himoyaçisi Serj Ore faoliyatini «Mançester Yunayted»da davom ettiradi.

Le Figaro xabariga köra, Kot-d’Ivuar terma jamoasi a'zosi bölgan bu 24 yoşli futbolçi «MYu» bilan şaxsiy şartnoma borasida kelişuvga erişgan.

Endilikda klublar transfer qiymatini kelişib olişi, Ore esa Angliyada işlaş huquqini qölga kiritişi kerak böladi.

Bundan avvalgi xabarlarda, «PSJ» uşbu öng qanot himoyaçisini sotişga tayyorligi, unga Angliyaning boşqa bir klubi «Çelsi» 30 million yevro taklif etayotgani aytilgandi.

Parijga Dani Alves kelgaç, Orega jamoada joy qolmadi. Bu jamoada yana bir öng qanot himoyaçisi bor, bu Belgiya terma jamoasi a'zosi Toma Menedir.