Şimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda BMTning KXDRga nisbatan sanksiyalari kuçaytirilişiga qarşi köp ming sonli miting bölib ötdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. BMT sanksiyalarni ikkita qit'alararo ballistik raketa uçirilganiga javoban kuçaytirdi.
KXDR hukumati miting doirasida Kim Ir Sen maydonida yiğilganlar uçun yangi sanksiyalar böyiça bayonot bilan çiqib, AQŞ va ularning ittifoqçilarini sanksiya rezolyutsiyasini yöq joydan keltirib çiqariş hamda BMTga bosim körsatişda aybladi.
5 avgust kuni BMT Xavfsizlik Kengaşi KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuçaytiriş uçun ovoz berdi. Bu uşbu davlat ikkita qit'alararo ballistik raketani uçirganiga javoban amalga oşirildi. Şimoliy Koreya ittifoqdoşlari – Rossiya va Xitoy ham “Ha” deb ovoz bergan.
Avvalroq KXDR BMT XK sanksiyalariga javoban «jismoniy harakatlar» bilan tahdid qilgandi.
















