Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Matbuot va axborot sohasida boşqaruvni yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan Özbekiston matbuot va axborot agentligi, Xalq ta'limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining: Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufidagi Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasini Matbuot va axborot agentligi tarkibiga ötkaziş;
Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Özbekiston matbuot va axborot agentligi muassisligidagi “Tong yulduzi” va “Klass!” gazetalari hamda “Gulxan” va “Ğunça” jurnallarini Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tasarrufiga töliq ötkaziş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.

















