11 avgust kuni Moskva şahar sudi muxolifat Aleksey Navalniy va uning Korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi fondining appelyatsiyasini inkor etdi. Bu haqida sud zalidan RBK naşri xabar berdi.
USM Holdings asosçisi Alişer Usmonov Navalniy va uning fondini yolğon ma'lumot tarqatib tuhmat qilişda ayblagandi. Usmonov öz da'vosida boş vazir Dmitriy Medvedevga Rublyovkadagi yer uçastkasini pora sifatida berganini rad etgan. Işbilarmonning qolgan e'tirozlari Navalniyning bayonotlarga tegişli bölgan: Usmonovning boş vazirning birinçi örinbosari Igor Şuvalovga pora bergani; öziga qaraşli «Kommersant'» gazetasining tahririy siyosatiga aralaşgani; zöravonlikda ayblanib qamoqda ötirib çiqqani rad etgan. Milliarder bularni inkor etib, uning moliyaviy holati poydevori noqonuniy privatizatsiya va sovet toğ-kon kombinatlariga egalik qiliş asosiga qurilganini ma'lum qilgan.
May oyida Moskva Lyublinsk sudi Navalniyga Usmonov haqidagi bayonotlardan voz keçişni, tarmoqdan "U sizga Dimon emas" tergov-filmini olib taşlaşni, şuningdek, Facebook ijtimoiy tarmoğidagi va uning şaxsiy saytidagi bir neça postni öçiriş majburiyatini yuklagan edi.
Usmonov va Navalniy juma kungi sud majlisiga kelişmagan. Işbilarmonning manfaatlarini - advokat Genrix Padva, muxolifatning manfaatlarini esa Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondining yuristlari himoya qilişgan. Tomonlar filmning aynan Usmonovga tegişli fragmentlarini öçirişga kelişişgan.
Şuningdek Navalniyning huquq himoyaçilari uning bayonotlarida yangragan boşqa ayblovlar ham taxmin ekanini aytişgan va bu borada milliarderning da'vosi qondirilişi töğri bölmasligini bildirişgan. Sud majlisi yakunida Fond yuristlari Alişer Usmonovni asosiy da'vogar - Dmitriy Medvedevning "aybini yopayotgan" uçinçi şaxs deb ataşgan.












