Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentiga Toshkent shahri faxriy fuqarosi unvoni topshirildi
Toshkent shahar hokimligida Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonga Toshkent shahri faxriy fuqarosi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy fan doktori unvonlarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Uzbekistan24.uz xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov Cho Chung Vonga Toshkent shahri faxriy fuqarosi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy fan doktori unvonlarini topshirdi.
Tadbirda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik barcha jabhalarda, jumladan, sport sohasida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. Bunda mamlakatning Butunjahon taekvondo federatsiyasi bilan aloqalari muhim ahamiyatga ega ekanligi, shuningdek, mazkur xalqaro tashkilot prezidenti Cho Chung Vonning xizmatlari yuqori bo‘layotgani alohida ta'kidlandi.
– Bugun tinchlik shahri – Toshkentning faxriy fuqarosi bo‘lish, O‘zbekistonning nufuzli oliy ta'lim muassasasi faxriy fan doktori unvoniga munosib ko‘rilishim men uchun faxrli voqea bo‘ldi, – dedi Cho Chung Von. – Bunday yuksak e'tibor menga yanada kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026