Prezidentning 28.07.2017 yildagi PQ-3161-son qarori bilan Prezident devonining reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Prezident devoniga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oşirişni tarkibiy tuzilmalar:
• Prezidentning Ijro etuvçi apparati;
• Prezident devonining xizmatlari;
• Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi apparati;
• Prezident devonining Işlar boşqarmasi ta'minlaydi.
Uşbu organning işi uning tarkibiy tuzilmalari töğrisidagi nizomlar (Prezident tomonidan tasdiqlanadi), ularning iş rejalari (tarkibiy tuzilmalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi) va Prezident devonida hujjatlar bilan işlaş qoidalari asosida taşkil etiladi. Tasdiqlangan iş rejalarining töliq, öz vaqtida va natijador ijro etilişi uçun tarkibiy tuzilmalar rahbarlari şaxsan mas'ul hisoblanadi.
Devonga körib çiqiş uçun:
• qonunlar loyihalari — kelişiş, qonunçilik taşabbusi tartibida kiritiş uçun;
• qonunlar — imzolaş va e'lon qiliş uçun;
• Prezidentning farmonlari, qarorlari, farmoyişlari loyihalari — imzolaş uçun;
• Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari loyihalari –kelişiş uçun;
• Prezident va uning devoni nomenklaturasiga kiruvçi lavozimga tayinlaş, tasdiqlaş, taqdim etiş, kelişiş va lavozimidan ozod etiş uçun nomzodlar böyiça takliflar;
• Davlat mukofotlari bilan taqdirlaş, oliy harbiy va maxsus unvonlarni beriş, ulardan mahrum etiş, şuningdek davlat mukofotlarini beriş töğrisida taqdimnomalar;
• fuqarolik va siyosiy boşpana beriş masalalari böyiça murojaatlar;
• Özbekiston sudlari tomonidan hukm qilingan şaxslarni afv etişga oid murojaatlar;
• çet elga çiqişi uçun maxsus kelişuv talab qilinadigan alohida toifadagi mansabdor şaxslarning xizmat safarlariga çiqişi töğrisida takliflar;
• Özbekistonning jismoniy va yuridik şaxslarining murojaatlari kiritiladi.
Reglament yuqorida keltirilgan masalalarni körib çiqişda Prezident devoni vakolatlarini amalga oşirişning batafsil mexanizmlarini saqlaydi.












