Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Matbuot va axborot sohasida boşqaruvni yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan24.uz.
Farmonda ta'kidlanişiça, matbuot va axborot sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş va sohaga oid masalalarni hal etiş vakolati berilgan Özbekiston matbuot va axborot agentligi öziga yuklatilgan vazifalarni töliq va samarali amalga oşirmayotgani bois bozor munosabatlari şaroitida ommaviy axborot vositalariga uslubiy yordam körsatiş, ularning işini prinsipial jihatdan kuzatiş, baholaş, tahlil qilib boriş, zarur hollarda qöllab-quvvatlaş yoki iqtisodiy, huquqiy çoralarni qöllaş kabi amaliy mexanizmlarning ta'siri deyarli sezilmayapti.
Buning oqibatida ommaviy axborot vositalari va naşriyotlar tomonidan özining nizom talablariga töğri kelmaydigan, milliy qadriyatlarga zid, ğoyaviy hamda matbaa sifati past mahsulotlar işlab çiqariş holatlariga yöl qöyilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini röyxatga oliş, noşirlik faoliyatini litsenziyalaş hamda ularning faoliyatini monitoring qiliş böyiça tegişli talab va normativlar axborot bozorining bugungi holatidan kelib çiqqan holda işlab çiqilmagan.
Bunday holatlarga nisbatan tegişli çoralarni qöllaş masalasida Özbekiston matbuot va axborot agentligining roli va ta'siri deyarli sezilmayapti.
Farmon bilan Özbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalari, axborot almaşiş, matbuot, noşirlik, matbaaçilik, axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi davlat boşqaruvi organi etib belgilandi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:
ommaviy axborot vositalari faoliyatiga doir qonunçilik ijrosini ta'minlaş;
ommaviy axborot vositalari, noşirlik, matbaaçilik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantiriş;
ommaviy axborot vositalari, noşirlik, matbaaçilik va axborot-kutubxona faoliyatida qonun hujjatlari, davlat va tarmoq standartlariga rioya etilişi, söz va axborot erkinligi kafolatlariga rioya etilişi borasida monitoring va nazoratni amalga oşiriş;
axborot xavfsizligini ta'minlaş, axborot sohasidagi xuruj va tahdidlarning oldini olişga qaratilgan çoralarni amalga oşirişda iştirok etiş;
















