2017 yilning ikkinçi çoragida Snap kompaniyasining sof zarari ötgan yilning şu davri bilan taqqoslaganda 3,8 barobarga oşib, 443,09 million dollarni taşkil etdi. Bu haqda kompaniyaning özi xabar berdi.

Aniqlik kiritilişiça, şu bilan birga, daromad 1,5 barobarga oşib, 181,6 mln dollarga yetgan.

Ikkinçi çorakda kunduzgi faol foydalanuvçilar soni 173 millionni taşkil etdi. 2016 yilning ikkinçi çoragida bu körsatkiç 143 million va 2017 yilning birinçi çoragida 166 millionga yetgandi.

Avvalroq OAV Google Snap tarmoğini xarid qiliş uçun 30 mlrd dollar taklif etgani haqida ma'lum qilgandi.