“Aqçadaryo” kollektori dunyodagi eng uzun kollektor hisoblanadi, deb yozmoqda Qoraqalpoğiston axborot agentligi. Kollektorning uzunligi – 193 km va sekundiga 30-35 kubometr suv ötkazadi. Uşbu kollektor 2004-2013 yillar davrida Jahon Banki tomonidan “Özbekiston drenaj loyihasi” asosida qurilgan. Loyiha asosida 241,93 kilometr magistral kollektorlar va 1903,4 kilometr xöjaliklararo kollektorlar tizimi qayta rekonstruksiya va ta'mirlaş-tiklaş işlari amalga oşirildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining janubiy tumanlari (Turtköl, Ellikqal'a, Beruniy)ning jami 100 ming gektar suğoriladigan maydonlarining yiliga örtaça 800 million m3 zax suvlarini hududdan olib çiqib ketuvçi “Aqçadaryo” kollektorining qurilişi 2013 yilda tugatilib, kollektor suvlari “Janadaryo” (Janadaryo – Amudaryoning eski irmoği) daryosining eski özani orqali Orol dengizining qurigan joyiga (Katta Orolga) çiqarib taşlanadi.
Loyiha amalga oşirilmasdan avval nasos stansiyasi orqali “Amudaryo” daryosiga tuşib turgan zax suvlar “Boş janubiy” kollektori orqali “Aqçadaryo” kollektoriga özi oqar yöli bilan loyiha qilinib, daryoga tuşib turgan zax suvlar mutlaqo töxtatildi. Natijada Qoraqalpoğiston Respublikasining janubiy tumanlari (Turtköl, Ellikqal'a, Beruniy)ning jami 100 ming gektar suğoriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxşilanişiga hamda sizot suvlarning hududdan betöxtov çiqib ketişiga zamin yaratildi.
Bunday samarali tadbirlar böyiça 2017 yilda jami 2056,8 kilometr uzunlikdagi meliorativ obektlarda 46 milliard 36,3 million sömlik quriş va rekonstruksiya qiliş, ta'mirlaş hamda tiklaş işlarini amalga oşiriş közda tutilgan. Natijada hududlardagi sizot suvlarning sathi pasayib, zax suvlarning hududdan olib çiqib ketilişi yaxşilanadi, tuproqlarning şörlaniş darajasi pasayib, jami 68 ming 300 gektar maydonlarning meliorativ holatini yaxşilanişi kutilmoqda.












