Suriyaning Dera viloyatida “Islom armiyasi” guruhining maşğulot lagerida yuz bergan terakt natijasida kamida 25 kişi halok böldi, 40 dan ortiq inson jarohatlandi. Bu haqda «Anadolu» agentligi mahalliy faol Abu Al-Musonna Al-Xolidiyga asosan xabar bergan.

«Xudkuş terrorçi lager yotoqxonasida portlovçi qurilmani işga keltirgan. Fikrimizça, terakt ortida IŞID turibdi», - degan Al-Xolidiy.

Uning sözlariga köra, maşğulot lageriga faqatgina guruh a'zolari kirişi mumkin.

«Aftidan, xudkuş lager hududiga oşib kirib, özini xuddi guruh a'zosi sifatida tutib, yotoqxonaga kirib borgan», - degan faol.