AQŞ tarixidagi eng qimmat uy sotuvga qöyildi. Uning narxi 350 mln dollarni taşkil qiladi. Bel-Eyr deb nomlangan bu uyning boş imorati 1933 yilda qurilgan. Uy milliarder Endryu Jyerrold Perençioga tegişli bölgan. Los-Anjyelesda joylaşgan uy uning egasi 86 yoşida vafot etgandan bir neça oy ötib avgust boşida sotuvga qöyildi.

Uy dizayni fransuz neoklassikasi uslubida arxitektor Samner Spolding tomonidan bajarilgan. Uyning maydoni 2,3 ming kvadrat metrni taşkil qiladi. Perençio uyni sotib olgandan keyin şaxsan özi dizayner Genri Samuel bilan birga uni restavratsiya qiliş işlariga boşçilik qilgan. Uyni “Beverli-xillzlik qişloqlik” serialida köriş mumkin.

Uyda boş imoratdan taşqari, mehmonlar uçun kottej, tennis korti, 40 ta maşinaga möljallangan usti yopiq avtoturargoh va suv havzasi mavjud. Uy şuningdek köçaning narigi betida joylaşgan, AQŞning sobiq prezidenti Ronald Reyganning uyi hisobiga kengaytirilgan. Perençio bu uyni 2016 yil iyunda 15 mln dollarga sotib olgandi.