Angliya premer-ligasining 1-turidan örin olgan ikkinçi uçraşuvda «Uotford» «Liverpul»ni qabul qildi.
Bu uçraşuvda ham birinçi uçraşuvda bölgani kabi gollar «yomğiri» kuzatildi. Avvaliga mezbonlar ikki marta hisobda borişiga qaramay «Liverpul» hisobni öz foydasiga oğdirişga muvaffaq bölgandi. Biroq hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda «Uotford» 3-golni kiritib, mağlubiyatdan qutulib qolişning uddasidan çiqa oldi.
Şu bilan Angliyaning ortda qolgan ikkita uçraşuvida jami 13ta gol kiritildi. «Liverpul» va «Uotford» bir oçkodan bölişib, hozirça turnir jadvalining 2-3 örinlarida bölib turişibdi.
Angliya premer-ligasi, 1-tur
Uotford – Liverpul 3:3 (2:1)
Gollar: Okaka Çuka (8), Dukure (32), Britos (90+3) – Mane (29), Firmino (55, penalti), Saloh (57).
Uotford: Gomes, Britos, Xolebas, Yanmat (Femeniya, 18), Kabul, Dukure, Kleverli, Amrabat, Çaloba, Pereyra (Rişarlison, 49), Okaka Çuka (Grey, 63).
Liverpul: Minole, Lovren, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold (Gomes, 90), Saloh (Milner, 86), Çan, Firmino (Origi, 81), Veynaldum, Mane, Henderson.
Ogohlantirişlar: Mane (37), Aleksander-Arnold (61), Minole (88).












