Buyuk Britaniya 2019 yilning martida Yevroittifoqni (YeI) tark etişni rejalaştirmoqda. Şu bilan birga mamlakat Bojxona ittifoqi va YeI umumiy bozoridan ham çiqadi. Bu haqida moliya vaziri Filip Xemmond va taşqi savdo vaziri Liam Foks bergan ma'lumotga asoslanib, The Sunday Telegraph xabar berdi.
"Biz Bojxona ittifoqidan çiqamiz va mustaqil, oçiq savdo derjavasi sifatida eng foydali savdo bitimlari muhokamasi uçun erkinlikka ega bölamiz", - deyiladi maqolada.
Vazirlar şuningdek Brexit'dan keyingi zarur ötiş davri "abadiy davom etişi mumkin emas"ligini ta'kidlaşdi.
Bundan avval byudjyet böyiça komissar Gyunter Ettinger Buyuk Britaniya Yevroittifoq tarkibidan çiqqanidan keyin YeI byudjyetida yiliga 12 milliard yevro yetişmasligi haqida aytgandi.












