Tezlik haqida özi nimalarni bilamiz? Avtomobil tezligidan, vaqtdan ustun kelişga uringan samolyotlarning qulaşi, tezlikdan ağanagan poyezdlarda halok bölgan odamlar haqida eşitganingizda heç tezlik – şaytonning quroli ekani xayolingizdan ötganmi?

Hayotda tezlik muhimmi yoki diqqat? Harakatlaniş qançalar maqsadli bölsa, şundagina tezlik özini oqlaydi. Tezlikning ahamiyati şu qadar yuqori ekan, töğri yöldan boriş undan-da muhimroq bölişi kerak.

Internet tezligi çöqqisiga yetgan davlatlarning tobora ma'naviy qaşşoqlik domiga ğarq bölayotgani, millatlarning, millat qiyofasining evrilib borayotgani buning isboti emasmi?

Bugun har bir internet foydalanuvçisi internet uçun oyiga kamida 10 dollar mablağ sarflaydi. Bu – 40 ming söm, umumiy hisobda esa deyarli 500 ming söm degani. Xöş, bu pullar evaziga internetdan nima olyapmiz?

Messenjerlarda tarqalayotgan behayo video tasvirlar, tongga qadar davom etuvçi bema'no çatlar, bekorçi ovozli suhbatlar, ijtimoiy tarmoqlarda maqsadsiz sandiroqlaş, bölar-bölmas fikrlar bilan odamlarning vaqtini öğirlaş... Bunday misollarni uzoq davom ettiriş mumkin. Biroq, internet trafik uçun yiliga 500 ming sarflayotgan ota farzandiga 50 ming sömga biror badiiy kitob sotib olib berdimi? Bugungi kunda kitoblarning hatto elektron variantlari ham mavjud. Internet foydalanuvçilarning neça foizi smartfonida biror bir elektron kitob saqlaydi?

Bugun şahardagi yoki olis toğli hududdagi insonga ham tezkor internet kerak. Biroq, xorijiy ijtimoiy tarmoq yoki messenjerlarni nomma-nom sanab bera oladigan öşa odamlarning farzandlari ularga bilim olişga yordam beradigan ZiyoNet saytining borligi, bu saytda video, elektron darsliklar mavjudligi, u yerdan til örgatuvçi maxsus qöllanmalarni yuklab oliş mumkinligini bilmaydi.

Internetga mukkasidan ketgan odamning farzandiga internet berib qöying-çi, bu odam qançalar dahşatga tuşadi. Boisi - u internetning faqatgina zararli ekanini tan oladi, garçi özi şu olamga ğarq bölgan bölsa ham. Bu esa mamlakatdagi internet foydalanuvçilari soniga jiddiy zarar yetkazadi.

Smartfonida messenjer titkilayotgan, megabaytlarni isrof qilib, yarim tungaça "yaqinlari" bilan hiringlaşayotgan erkakning ayoliga osonmi? Internet tezligining ahamiyatini ana şu jabrdiydalardan sörab köring. Bugun ajrim talab qilayotgan er yoki xotinlarning internetdagi kiçik xatosi butun boşli oilaning boşiga yetgan holatlarni ham köryapmiz.  

Bugun otaning bolasiga, öğilning ota-onasiga befarqligini, odamlarning maydalaşib, jizzakilaşib, şarm-hayosiz bölib borayotganini, hasad va iğvoning köpayib borayotgani, odamlarning sovuqqon va qöpol munosabatini internetga tönkaydiganlar ham yöq emas.