Polşada Varşava-Jyeşuv yönalişi böylab harakatlanayotgan ikki qavatli yölovçi avtobusi yöl çetidagi ustunga tegib, yöl çetiga çiqib ketgan va yon boşiga ağdarilgan. Yöl-transport hodisasi Tarnobjyeg şahri yaqinida yuz bergan.

Voqea joyiga tez tibbiy yordam maşinalari va qutqaruv vertolyoti yetib kelgan. Avtobus içida kamida 85 yölovçi bölgan, ulardan 30 nafari turli oğirlikdagi jarohatlar olgan. 7 nafar yölovçi oğir holatda şifoxonaga olib ketilgan. 

YTHning aniq sababi örnatilmoqda. Haydovçi mast holda bölmagan va rul ortida uxlab qolmagan.

Guvohlarning aytişiça, avariyadan biroz avval haydovçi ğildiraklardan birini almaştirgan. Voqea yuz berişidan bir soniya avval avtobusning yangi ğildirak örnatilgan tomonidagi pastki qismidan şovqin va qasir-qusur ovoz çiqqan.