11 avgustdan 12 avgustga ötar keçasi Polşa hukumat xavfsizlik markazi mamlakatda kuçli böron sababli 4 kişi halok bölgani, 36 kişi jarohat olganini ma'lum qilgan.

Markaz matbuot kotibi Bojyena Vysotskayaning aytişiça, eng murakkab vaziyat Pomore voyevodaligida yuzaga kelgan. Aynan şu yerda tabiiy fojia qurbonlari yaşaşgan.

Ma'lum qilinişiça, kuçli şamol va singan daraxtlar elektr uzatiş liniyalari va transformator podstansiyalariga şikast yetkazgan. Köplab aholi punktlari elektr energiyasiz qolgan. 

Ob-havo mutaxassislari Polşada böron davom etişidan ogohlantirişmoqda. Bir neça voyevodaliklar bu haqda ogohlantirişlar olgan.