Rossiya xalqaro taşkilotlardan Suriya aholisiga insonparvarlik yordami körsatilişini kutmoqda, dedi RF Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Şoygu "Rossiya 24" telekanali efirida.
"Bugun biz aytamiz: "Insonparvarlik yordamini deeskalatsiya zonalariga keltiring, u yerda hamma joy oçiq. Agar özingiz olib kela olmasangiz, özimiz keltiramiz. Biroq biz ham ona, ham ota böla olmaymiz. Şu bois, albatta, bu yerda BMT va gumanitar taşkilotlarining qöllab-quvvatlaşi kerak", - dedi u.
Şoygu Rossiya va xalqaro gumanitar taşkilotlarning hamkorlikdagi işi qoçqinlar masalasida barqarorlikka olib kelişini qöşimça qildi. "Şundan keyin qoçqinlar öz uyiga qayta boşlaydi, avval Suriyaning içida, keyin esa boşqa mintaqalardan", - dedi vazir.
Mudofaa rahbarining sözlariga köra, bir neça yildan beri IŞID harbiylari tomonidan egallab kelinayotgan Dayr az-Zorni debloklaş köp jihatdan Suriyadagi terrorçilarga qarşi kuraşning tugaşiga işora qiladi.
"Bugun asosiy nuqtalar bor, Dayr az-Zor ham şular jumlasidandir. Aytiş mumkinki, birinçi navbatda Dayr Aaz-Zor. U yerdagi nizolar birinçi yil davom etayotgani yöq. U yerga haftada ikki-uç, ba'zan esa tört marta oziq-ovqat, tibbiyot vositalari, jangovor qurollar yetkazib beriladi. Bu IŞID bilan kuraşişning tugaşiga işora qiluvçi Frotning asosiy nuqtasi desa ham böladi", - dedi Şoygu.











