Butun Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma'lumotga ko‘ra, kelgusi 35 yil ichida Yer yuzi aholisining 2/3 qismi shaharlarda muqim yashay boshlaydi. Ayni ko‘rsatkich raqamlarda 2,5 milliard inson haqida ketayotganini bildiradi. Bunda, yuqori texnologik yechimlar bilan jihozlangan infratuzilmaga ega shaharlargina qulay yashash sharoitini taqdim etishi mumkin.
Kelajakda eng yaxshi yashash sharoitlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini tuzish uchun, innovatsion muhit rivojlanishini tadqiq etuvchi 2thinknow xodimlari 10ta omilga ko‘ra tekshiruv ishlarini o‘tkazdi. Shundan so‘ng bunday shaharlar sirasiga 85ta maskan kiritilgan bo‘lib, ularning eng kuchli o‘nbeshtaligini Niderlandiya poytaxti Amsterdam yakunlagan.
15. Amsterdam, Niderlandiya

2025 yildan boshlab shahar ma'muriyati ko‘chalarda benzin, dizel va boshqa yoqilg‘i mahsulotlari bilan harakatlanuvchi avtomobillarni saqlashni taqiqlab qo‘ygan. Shaharda yaratilgan energiya tejamkor tizim, moliyaviy texnologik yechimlar va yoqimli tabiat atrof-muhiti barchani birdek bu yerda yashashga undaydi.
14. Vankuver, Kanada

Ko‘pchilik nazdida Kanada sovuq va muzlar o‘lkasi kabi gavdalanadi, ammo 2014 yili CBS telekanali namoyish etgan lavhada mamlakat yirik shaharlaridan biri Vankuver allaqachon shimoliy silikon vodiysiga aylangani tasvirlangan. Shu kunlarda Vankuver shahrida 600dan ortiq raqamli media yoki 2 milliard AQSh dollariga teng sarmoyaga ega kompaniyalar faoliyat olib boradi.
13. Stokholm, Shvetsiya

Kelgusi 5 yil ichida Stokholm shahri naqd pul muomalasi hamda uglevodorod yoqilg‘isidan batamom voz kechishini ma'lum qildi. Bu esa tom ma'noda raqamli islohotlarning eng yirigi deb atasa bo‘ladigan o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Stokholm shahri hozirgi kunlarda venchur sarmoyalari kiritilayotgan shaharlar qatorida yetakchi o‘rinlarda tilga olinadi.
12. Tokio, Yaponiya



























