«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Ispaniya Superkubogi 1-uçraşuvida «Barselona» darvozasiga kiritgan golini nişonlaşda kataloniyaliklar hujumçisi Lionel Messi harakatini takrorladi. «Kamp Nou»da ötgan uçraşuv «qaymoqranglilar»ning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

2-bölimda zaxiradan öyingga tuşgan Ronaldu 80-daqiqada «Real»ning ikkinçi golini urdi va futbolkasini yeçib, orqa tomonidagi familiyasini stadiondagi muxlislarga körsatdi. Messi Ispaniyaning yakunlangan çempionatining 33-turida «Santyago Bernabeu»da «Real»ga urgan golini şunday nişonlagandi.

Ta'kidlaş joizki, Ronaldu futbolkasini yeçgani uçun birinçi sariq kartoçkani «işlab olgan», 2 daqiqa ötib esa simulyatsiya uçun yana bitta sariq kartoçka olib, maydondan çiqarib yuborilgan. Endi futbolçi Superkubokning «Santyago Bernabeu»da 16 avgust kuni ötadigan javob uçraşuvida maydonga tuşmaydi.