Amazon onlayn-riteyleri asosçisi va rahbari milliarder Jyeff Bezos deyarli 18 milliard dollar yöqotdi, bu kompaniyaning zaif çorak hisoboti ma'lumotlari taqdim etilganidan keyin Amazon aksiyalarining narxi pasaygani bilan boğliq. Forbes jurnali şu haqida xabar berdi.
Şu tariqa, Bezos Forbes versiyasi böyiça sayyoraning eng badavlat kişilari reytingida endi uçinçi örinda. Duşanba kungi holatga köra, milliarderning umumiy boyligi 72,8 milliard dollarga baholanmoqda. Moliyaviy hisobot çop etilgunga qadar esa Bezosning 90,6 milliard dollari bölgan, bu uni bir neça soatga dunyoning eng badavlat kişisiga aylantirgan.
Hozirda Forbes versiyasi böyiça sayyoraning eng badavlat kişisi Amerikaning Microsoft IT-korporatsiyasi asosçisilaridan biri Bill Geyts hisoblanadi, uning moliyaviy holati 86 milliard dollarni taşkil qiladi. Ikkinçi örinda - 75,6 milliard dollar bilan Berkshire Hathaway kompaniyasi rahbari Uorren Baffet.
Bloomberg Billionaires indeksi (BBI)ga köra, dunyoning eng badavlat kişilari röyxatida Jyeff Bezos ikkinçi örinda. Uning moliyaviy holati 83,1 milliard dollarga baholanmoqda.

















