2017 yilning 16 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi delegatsiya amaliy taşrif bilan Qirğiziston Respublikasida böladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston delegatsiyasi Bişkek şahrida bölib ötadigan Ikki tomonlama hamkorlik böyiça hamda Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça Özbekiston-Qirğiziston hukumatlararo komissiyalari majlislarida iştirok etadi.
Qirğiziston tomonidan Hukumatlararo komissiyalarning hamraisi Qirğiziston Respublikasi Boş vaziri Söronbay Jyenbekov böladi.
Muzokaralar davomida Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi munosabatlarni rivojlantirişning dolzarb masalalarini muhokama qiliş kutilmoqda.
Avvalroq Özbekiston boş vaziri Qirğizistonga borişi haqida xabar berilgandi.












