Hongkong fond birjasi oktabr oyi oxirida özining savdo zalini yopiş niyatida. Bunga sabab – uşbu maydonçadagi deyarli barça amaliyotlar elektron rejimda olib borilmoqda, deb xabar beradi South China Morning Post.

«Bu joy keyinçalik körgazmalar, anjumanlar va sarmoyadorlarning ta'lim faoliyatiga doir turli tadbirlarini ötkaziş yeriga aylantiriladi», - deya ma'lum qilgan birja vakili.

Birjaning savdo zali 1985 yilda oçilgan bölib, bu yerda bir vaqtning özida 900 ga yaqin brokerlar muzokaralar olib borgan. Biroq, bugungi kunda bu yerda har kuni 30 dan kamroq alohida treyderlargina paydo bölmoqda, savdolarning asosiy qismi esa elektron rejimda olib borilyapti.

Gazetaning ta'kidlaşiça, aynan şu sababdan Tokio va Singapurdagi fond birjalari ham öz amaliyot zallarini yopişdi.

Hongkong maydonçasi dunyoda kattaligi böyiça oltinçi örinda turadi hamda bu yerda 2 mingdan ortiq kompaniyalarning aksiyalari bilan savdo qilinadi, ularning bozordagi umumiy qiymati 3,7 trln dollardan ortiqni taşkil etadi.